• Bioetikaning falsafiy asoslari

  • 847 | 245
  • Til: O'zbek
  • Resurs turi: Monografiya
  • Betlar soni: 101
  • Nashriyot: Lulu.com
  • Chop etilgan yili: 2026
  • Chiqish ma’lumotlari: United states of America

Kitob ta'rifi


Bioetikaning dolzarbligi zamonaviy texnologik taraqqiyot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u insoniyatning kelajagini belgilaydigan masalalarni hal qiladi. Ushbu monografiyaning asosiy maqsadi – bioetikaning falsafiy asoslarini chuqur tahlil qilish orqali, uning nazariy va amaliy qo‘llanilishini ko‘rsatishdir. Bu orqali bioetika nafaqat akademik fan, balki jamiyatiy qarorlar qabul qilishda asosiy vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Monografiyada bioetikaning tarixiy rivojlanishi va falsifiy ildizlari, bioetikadagi ontologik va epistemologik asoslari, zamonaviy muammolar va falsafiy istiqbollar, maxsus masalalar va falsafiy tahlil qilingan. 
Bugungi zamonaviy jamiyatda bioetika o‘zining transdisiplinar tabiati, insonparvarlik g‘oyalari va an’analari va uning praksiologik yo‘nalishi bilan alohida o‘rin egallab, o‘zining marginallik qiymati-antropologik asoslari majburiyatlarini yosh avlodga singdirib bormoqda. Texnika sivilizatsiyaning rivojlanib borishi bioetika kabi fan tarmoqlarining kengayib borishiga hamda shubhasiz bioetika ilmiy nazariyalarining konstruktiv ahamiyatga aylanib borishiga zamin yaratdi. Ilm-fanning ilmiy ratsionallik asosida taraqqiy etishi biotibbiyot sohasining kengaytib borishiga imkon yaratmoqda.