Kitob ta'rifi
Tana vazni indeksi (TVI) boʻyicha global kasalliklarni oʻrganish loyihasi tadqiqotchilarining bashorat qilishicha 2050 yilga kelib dunyo aholisining katta yoshlilarning yarmidan koʻpi (38 milliard kishi), bolalar va oʻsmirlarning uchdan bir qismi (746 million kishi) ortiqcha vazn yoki semizlikdan aziyat koʻrishi mumkin. “Ortiqcha vazn va semizlikning misli koʻrilmagan jahonshumul epidemiyasi-bu ulkan fojia va jamiyatning juda katta muvaffaqiyatsizligidir” deydi tadqiqotning yetakchi muallifi Vashington universiteti professori Emmanuela Gadiku. 1990-2021 yillar orasida erkaklarda semizlik darajasi 5,8% dan 14,8% gacha, ayollarda esa 10,2% dan 20,8% gacha oshib, ikki baravardan koʻproq koʻpaygan. Agar ushbu tendensiyalar saqlanib qolsa, 2050 yilga kelib ortiqcha vazn va semizlikka ega katta yoshli erkaklar orasida 57,4% gacha, ayollar orasida esa 60,3% gacha oshadi. Eng katta oʻsish Osiyo va Afrika mamlakatlarida kuzatilishi mumkin.