• Oilaviy tibbiyotda yurak ishemik kasalliklarini diagnostikasi, zamonaviy davolash tamoyillari va reabilitatsiyasi

  • 879 | 174
  • Muallif: Axmedova G.A, Po'latova D.A, To'rakulova A.R
  • Til: O'zbek
  • Resurs turi: Uslubiy qo'llanma
  • Betlar soni: 62
  • Nashriyot: Samarqand davlat chet tillar instituti
  • Chop etilgan yili: 2026
  • Chiqish ma’lumotlari: Samarqand

Kitob ta'rifi


Yurak ishemik kasalligi (YIK)-buyurak mushagiga(miokardga) qon vakislorod yetkazib berishning kamayishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar guruhidir. Yurak ishemik kasalligi (Y1K) bugungi kunda juda dolzarb sog'liq muammosi hisoblanadi va u jahon bo‘yichayurak-qon tomir kasalliklari ichidayetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu kasallik yurakning toj (koronar) arteriyalarining torayishi yoki tiqilib qolishi natijasida yurak muskullariga qon va kislorod yetishmasligi bilan tavsiflanadi va ko’pincha miokard infarkti (yurak xurujijga olib keladi. Butun dunyo bo'yichayurak ishemik kasalligi sababli aholi soniga ko‘ra taxminan 9 milliondan ortiq o‘limga sabab bo‘lmoqda. Asosan bu holat koronar (yurak) tomirlarning torayishi yoki tiqilib qolishi sababli rivojlanadi. Yurak ishemik kasalliklari O‘zbekistonda muammoli holatni tashkil etadi va yurak-qon tomir kasalliklari ichida yetakchi o‘lim sababi hisoblanadi. Yurak qon tomir tizimi kasalligi sababli o‘limning ulushi juda yuqori - aksariyat yurak-qon tomir tizimi sababli o‘limlar aynan yurak ishemik kasalligi tufayli sodir bo'lmoqda.