Kitob ta'rifi
So‘nggi yillarda zamonaviy tibbiyotda bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilishda noinvaziv usullarning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Ayniqsa, davolovchi massajni qo‘llash keng tarqalib, u samarali, xavfsiz va fiziologik davolash usuli sifatida katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bugungi kunda davolovchi massaj aholining sog‘ligini saqlash, kasalliklarning oldini olish, tibbiy xizmat sifatini oshirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashda muhim o‘rin tutadi.Hozirgi kunda davolovchi massaj nevrologik, ortopedik, travmatologik, terapevtik va pediatrik kasalliklarni davolashda keng qo‘llanilmoqda.
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmada davolovchi massajning zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni, uning fiziologik ta’sir mexanizmlari, asosiy usullari hamda turli kasalliklarda qo‘llash xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar yoritilgan.
Qo‘llanma tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, davolovchi massajni amaliyotda to‘g‘ri va samarali qo‘llashga xizmat qiladi.