Kitob ta'rifi
MAJYOKni erta tashxislash uchun zarurat, kasallik bolalik davrida boshlanganda katta bo'lgandan keyin 10%-20% bemorlarda sirroz rivojlanishiga sabab bo’ lishi mumkinligi bilan bog'liq. Shu bilan birga jigar steatozi bolalarda o*z vaqtida davolansa jarayon qaytar hisoblanadi.
Bolalardagi semizlikda biliar disfunktsiya chastotasi va tuzilishi to'g'risidagi ma'lumotlar bir - biriga qarama - qarshi. O‘t yo'llaridagi funktsional buzilishlarni surunkali xoletsistit va o't tosh kasalligi kabi organic patologiyaga aylanishi, o‘zgarishlarni erta aniqlashni muhimligini ko‘rsatadi.