Kitob ta'rifi
Qo‘llanmada yuz jag‘ sohasi qattiq va yumshoq to‘qimalarining turli xil jarohatlarini ortopedik yo‘llar bilan davolashda ishlatiladigan protezlar va ortopedik davolovchi apparatlarni tayyorlash, qo‘llash usullari keng yoritilgan.
Chakka pastki jag‘ bo‘g‘imining turli spetsifik va nospetsifik kasalliklarini ortopedik usullar bilan davolash yo‘llari aks etgan ushbu qo‘llanma tibbiyot oliygohlarining stomatologiya yo‘nalishi yuqori bosqich talabalari, magistr hamda klinik ordinatorlari, amaliyot shifokorlari uchun darslik sifatida tavsiya etiladi.