• Oilaviy tibbiyotda yurak ishemik kasalliklarini diagnostikasi va zamonaviy davolash tamoyillari

  • 986 | 893
  • Muallif: G.A. Axmedova, X.A. Rabbimov, R.S. Rasulov
  • Til: o`zbek
  • Yozuv: lotin
  • Resurs turi: o’quv-uslubiy qo’llanma
  • Betlar soni: 61
  • Chop etilgan yili: 2026
  • Chiqish ma’lumotlari: Samarqand

Kitob ta'rifi


Yurak ishemik kasalligi (YIK) — bu yurak mushagiga (miokardga) qon va kislorod yetkazib berishning kamayishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar guruhidir. Yurak ishemik kasalligi (YIK) bugungi kunda juda dolzarb sog‘liq muammosi hisoblanadi va u jahon bo‘yicha yurak-qon tomir kasalliklari ichida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu kasallik yurakning toj (koronar) arteriyalarining torayishi yoki tiqilib qolishi natijasida yurak muskullariga qon va kislorod yetishmasligi bilan tavsiflanadi va ko‘pincha miokard infarkti (yurak xuruji)ga olib keladi. Butun dunyo bo‘yicha yurak ishemik kasalligi sababli aholi soniga ko‘ra taxminan 9 milliondan ortiq o‘limga sabab bo‘lmoqda.