Kitob ta'rifi
O‘quv qo‘llanmada eng ko‘p uchraydigan o‘pka kasalliklaridan zotiljam, O‘SOK, BA, plevritlar etiologiyasi, klinikasi, diagnostikasi, ularning zamonaviy tasnifi, shakllanish mexanizmi, davolash ta’moyillari tasvirlangan. Klinik-laborator xususiyatlari batafsil yoritib berilgan. Test topshiriqlari va vaziyatli topshiriqlar taqdim etilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma magistr, klinik ordinatorlar, hamda davolash va tibbiy pedagogika fakulteti talabalariga amaliy mashg‘ulotlarda ishlash, shuningdek «Pulmonologiya» va «Terapiya» bo‘yicha darslarga mustaqil tayyorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan. Davolash va tibbiy pedagogika fakultet talabalariga «Pulmonologiya» va «Terapiya» fanlari bo‘yicha tegishli mavzularni tayyorlashda foydalanish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari kafedralari o‘qituvchilari, amaliy shifokorlar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.