Kitob ta'rifi
“Otorinolaringologiyada hamshiralik ishi” fani kundalik turmushimizda uchrab turadigan va quloq, burun va tomoq kasal- liklariga chalingan bemorlarga hamshiralik yordami koʻrsatishning zamonaviy usullari, diagnostika va davolash jarayonida hamshi- raning rolini chuqur oʻrganishga qaratilib, bir necha jihatlari bilan ajralib turadi va “Otorinolaringologiya” sohasida hamshiralik ishi bemorlarning tez tuzalishiga, aseptika va antiseptika qoidalariga qatʼiy rioya qilishga, shuningdek, shoshilinch holatlarda toʻgʻri yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini oʻrganadi.
Ushbu oʻquv qoʻllanmada hamshiralik jarayonining qirralari yoritilgan, har bir kasallik parvarishida hamshiraning ishtiroki muhimligiga eʼtibor berilgan. Oʻquv qoʻllanma Jamoat salomatligi texnikumi va tibbiyot kollejlari oʻquvchilariga kasb-hunar oʻrga- tish, amaliy mashgʻulotlarda hamda darsdan tashqari mustaqil tayyorgarlik koʻrishlarida foydalanishlari uchun moʻljallangan.