Kitob ta'rifi
Mazkur darslik “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining nazariy, metodologik va amaliy asoslarini sog‘liqni saqlash menejmenti yo‘nalishi kontekstida kompleks yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati, tarkibiy elementlari, tahdidlar tizimi hamda milliy xavfsizlikdagi o‘rni izchil, tizimli va o‘zaro bog‘liq holda bayon etilgan.
Darslikning mazmuni zamonaviy iqtisodiyot sharoitida, ayniqsa sog‘liqni saqlash tizimining barqaror rivojlanishi va boshqaruv samaradorligini ta’minlash nuqtai nazaridan ishlab chiqilgan. Unda iqtisodiy xavfsizlik nafaqat umumiy iqtisodiy kategoriya sifatida, balki tibbiyot muassasalari, sog‘liqni saqlash infratuzilmasi va inson kapitali xavfsizligi bilan uzviy bog‘liq tizim sifatida talqin etilgan.
Mazkur darslik 60411200 – Menejment: sog‘liqni saqlash menejmenti yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavrlar uchun asosiy o‘quv manba sifatida, shuningdek magistrlar, doktorantlar, sog‘liqni saqlash tizimi menejerlari va iqtisodiy xavfsizlik sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar uchun ham mo‘ljallangan.