Kitob ta'rifi
Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanmada stenokardiyaning zamonaviy tasnifi, etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi, differensial diagnostikasi, davolash tamoyillari hamda profilaktikasi bo‘yicha ilmiy asoslangan ma'lumotlar yoritilgan. Qo‘llanmada xalqaro klinik tavsiyalar asosida stenokardiyaning barqaror va o‘tkir shakllarini tashxislash hamda davolash algoritmlari, xavf omillarini baholash, zamonaviy instrumental va laborator tekshiruv usullari, shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar uchun klinik vaziyatlar va nazorat savollari keltirilgan. O‘quv-uslubiy qo‘llanma tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalari, klinik ordinatorlar, magistrlar, shifokorlar hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun mo‘ljallangan.