Kitob ta'rifi
Darslik Pediatriya yo‘nalishi bo‘yicha oliy kasbiy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tayyorlangan. Unda bolalar pulmonologiyasining eng dolzarb masalalari, jumladan, bolalarda nafas olish tizimining o‘tkir va surunkali kasalliklari haqida zamonaviy ma’lumotlar berilgan. Bolalik davrida kasalliklarning etiologiyasi va patogenezi, tasnifi, klinik belgilari, laboratoriya va instrumental tekshiruv natijalari hamda kechish xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Darslikda bolalardagi respirator kasalliklarni tashxislash va davolash tamoyillari, shoshilinch yordam ko‘rsatish algoritmlari, zamonaviy farmakoterapiya usullari haqida ma’lumotlar mavjud.
Bunda bemorning yoshi va kasallik og‘irlik darajasini hisobga olgan holda dori vositalarining dozalari ko‘rsatilgan. Material klinik tavsiyalar va protokollarga muvofiq, bemor bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda bayon etilgan.
Darslik tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari, klinik ordinatorlar, magistratura rezidentlari, umumiy amaliyot shifokorlari va vrach- pediatrlar uchun mo‘ljallangan.