Kitob ta'rifi
Ushbu darslikda harbiy-dala terapiyasining asosiy bo'limlari bayon etilgan. Unda urush vaqtida va mahalliy harbiy mojarolar sharoitida yaradorlarga, zararlanganlarga hamda bemorlarga terapevtik yordamni tashkil etish masalalari yoritilgan. Nurlanish kasalligining turli variantlari klinikasi, tashxisi va davolash masalalari; zaharlovchi moddalar bilan zararlanishlar; texnik va agressiv suyuqliklar hamda zaharli gazlar bilan zaharlanishlar; o'tkir zaharlanishlarni aniqlash tamoyillari va davolash usullari bayon qilingan. Ichki a'zolar patologiyasining jaroharlanish paytidagi muammolari, urush davridagi visseral patologiyaning o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek harbiy xizmatdagi ayrim kasbiy omillarning patogen ta'siri bilan bog'liq zararlanishlar batafsil ko'rib chiqilgan. Darslik harbiy tibbiyot oliy o'quv yurti kursantlari uchun «Harbiy-dala terapiyasi» fani bo'yicha namunaviy o'quv rejasiga muvofiq tuzilgan va harbiy dala terapiyasi fani bo'yicha tahsil olayotgan kursantlar uchun mo'ljallangan