• Arterial gipertenziya: differensial diagnostika, davolash va umumiy amaliyot shifokorining taktikasi. (Nasirova Z.A)

  • 484 | 949
  • Muallif: Nasirova Z.A
  • Til: O'zbek
  • Resurs turi: Uslubiy qo'llanma
  • Betlar soni: 92
  • Nashriyot: Samarqand
  • Chop etilgan yili: 2026
  • Chiqish ma’lumotlari: Samarqand

Kitob ta'rifi


Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma arterial gipertenziya sindromi, gipertoniya kasalligi hamda simptomatik arterial gipertenziyalarning zamonaviy tasnifi, etiologiyasi, patogenezi, klinik kechishi, differensial diagnostikasi va davolash tamoyillariga bag‘ishlangan. Qo‘llanmada gemodinamik, serebral va sklerotik arterial gipertenziyalarning klinik-diagnostik xususiyatlari, arterial gipertenziyada nishon a’zolar shikastlanishini baholash usullari, zamonaviy laborator-instrumental diagnostika algoritmlari hamda dalillarga asoslangan tibbiyot nuqtai nazaridan antigipertenziv terapiyani tanlash masalalari yoritilgan.
Shuningdek, qo‘llanmada gipertonik krizlarning klinik turlari, diagnostik mezonlari, shoshilinch yordam ko‘rsatish algoritmlari va umumiy amaliyot shifokorining amaliy taktikasi batafsil bayon etilgan. Arterial gipertenziyali bemorlarni ambulator sharoitda kuzatish, yurak-qon tomir xavfini stratifikatsiya qilish, profilaktika va dispanser nazoratini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.