• Tibbiy kimyo fanidan “biogen elementlar kimyosi” mavzusidagi o‘quv qo‘llanma

  • 243 | 769
  • ISBN: 978-9910-5273-7-1
  • Muallif: Xolmurodova D.Q
  • Til: O'zbek
  • Resurs turi: O'quv qo'llanma
  • Betlar soni: 100
  • Nashriyot: Access Service
  • Chop etilgan yili: 2026
  • Chiqish ma’lumotlari: Samarqand

Kitob ta'rifi


Tibbiy kimyoning muhim bo‘limlaridan biri – biogen elementlar kimyosi hisoblanadi. Biogen elementlar tirik organizmning hayoti uchun zarur bo‘lgan kimyoviy elementlar bo‘lib, ular hujayralar, to‘qi-malar va organlarning morfologik tuzilishi hamda funksional faoliya-tini ta’minlaydi. Inson organizmi tarkibida 70 dan ortiq kimyoviy ele-ment aniqlangan bo‘lib, ularning ma’lum qismi hayot uchun mutlaqo zarur hisoblanadi.  
Masalan, temir gemoglobin va mioglobin tarkibiga kirib, kislo-rod tashilishini ta’minlaydi; rux ikki yuzdan ortiq fermentlarning tar-kibiy qismi sifatida oqsil va nuklein kislotalar almashinuvida ishtirok etadi; mis oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida muhim ahamiyat kasb etadi; yod qalqonsimon bez gormonlari tarkibiga kiradi; kobalt V₁₂ vitaminining tarkibiy qismi hisoblanadi; selen antioksidant himoya tizimining muhim elementi sifatida hujayralarni erkin radikallar ta’-siridan muhofaza qiladi. Mazkur elementlarning har biri inson orga-nizmida muayyan fiziologik vazifani bajaradi.