Kitob ta'rifi
Ushbu uslubiy tavsiyalar rezeksiya qilinadigan mahalliy tarqalgan oshqozon saratoni (MTOS) bo’lgan bemorlarni kombinatsiyalangan davolashning zamonaviy, dalillarga asoslangan tamoyillarini bayon etadi. Barcha asosiy tavsiyalar OCEBM (2011) tizimi bo’yicha dalillar darajasi (I-V) va tavsiya kuchi (А-D) bilan baholanadi hamda ESMO-MCBS shkalasi bilan taqqoslanadi. Bemorlarni tanlash mezonlari, kimyoterapiya sxemalari (FLOT va uning modifikatsiyalari), HER2-musbat o’smalarda trastuzumabdan foydalanish hamda perioperatsion immunoterapiya (durvalumab) FLOT4-AIO, MATTERHORN, KEYNOTE-585 va PETRARCA tadqiqotlari natijalari asosida ko’rib chiqiladi. Nashrda diagnostika algoritmlari, bosqichlash (cTNM/ypTNM), Siewert tasnifi, molekulyar profillash (HER2, PD-L1 CPS, MSI/MMR, EBV, Claudin 18.2, FGFR2b), Mandard va Becker bo’yicha davolash patomorfozini baholash, JGCA bo’yicha D2-limfodisseksiya hamda immun vositachiligidagi nojo’ya hodisalami boshqarish yoritilgan. Nashming yangiligi - MATTERHORN tadqiqotining yakuniy tahlili (ESMO 2025), minimal qoldiq kasallik monitoringi konsepsiyasi (ctDNA/MRD), operatsiyadan keyingi jadal reabilitatsiya protokollari (ERAS), shuningdek O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimida taklif etilayotgan usullaming ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va farmakoiqtisodiy samaradorligiga bag’ishlangan kengaytirilgan bo’limni o’z ichiga oladi. Tavsiyalar onkologlar, kimyoterapevtlar, jarroh-gastroenterologlar, morfologlar hamda O’zbekiston Respublikasi tibbiyot oliy o’quv yurtlarining klinik ordinatorlari va tayanch doktorantlari uchun mo’ljallangan.