Kitob ta'rifi
Ushbu oʻquv qoʻllanmada yalligʻlanishga qarshi dori vositalarining zamonaviy tasniflari, ularning asosiy farmakodinamik va farmakokinetik xususiyatlari, qoʻllash uchun koʻrsatmalar va qarshi koʻrsatmalar, nojoʻya ta’sirlari hamda ularning oldini olish choralari keltirilgan. Qoʻllanma oliy oʻquv yurtlarida klinik farmakologiya fanini oʻqitish dasturiga muvofiq tuzilgan. Oʻquv qoʻllanma pediatriya fakulteti 6-bosqich talabalari, davolash fakulteti 5-bosqich talabalari, «Pediatriya» va «Terapiya» mutaxassisliklari boʻyicha magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar uchun moʻljallangan.
Qoʻllanmada test topshiriqlari va situatsion masalalar ham ilova qilingan.