Kitob ta'rifi
Mazkur darslik kasbiy ta’limi metodikasi fani mazmuniga bag’ishlangan boʻlib, oliy oʻquv yurtlarining modul dasturida koʻzda tutilgan talablar asosida tuzilgan. Kitobda kasb ta’limi sohasida qoʻlga kiritilgan soʻnggi ilmiy-nazariy ma’lumotlar, ilmiy izlanishlar, xorij pedagog olimlarining qarashlari va nazariyalaridan milliy mentalitetimizga moslashtirilgan holda foydalanilgan.
Darslikda kasb ta’limi metodikasi fanining mazmun-mohiyati, ilmiy tadqiqot metodlari, Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tizimi, uzluksiz ta’lim tuzilishi, ta’lim tizimidagi modernizatsiya jarayonlari, ta’lim tizimi menejmenti, boshqaruv organlari huquq va vakolatlari, rahbar shaxsi va unga qoʻyiladigan talablar, kompetensiya, kompetentlik, pedagogik kompetensiya, pedagogik mahorat, pedagogik diagnostika va korreksion pedagogika asoslari, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etuvchilar, ta’lim usullari, shakllari, vositalari, pedagogik jarayon ishtirokchilari, dars, dars turlari va darslarni toʻg’ri tashkillashtirish qonun-qoidalari va qonuniyatlari, elektron pedagogika asoslari kabi masalalar oʻz ifodasini topgan.