• Bachadonda chandiq bo‘lgan homilador ayollarni yuritish taktikasi. Zamonaviy akusherlikda kesarcha kesish amaliyoti

  • 511 | 534
  • Muallif: Ikromova P.X, Bobomurodova I.A
  • Til: O'zbek
  • Resurs turi: Uslubiy ko'rsatma
  • Betlar soni: 46
  • Nashriyot: ARTEX NASHR
  • Chop etilgan yili: 2026
  • Chiqish ma’lumotlari: Samarqand

Kitob ta'rifi


Ushbu uslubiy tavsiyanoma tibbiyot oliygohlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
Tavsiyanomada bachadonda operatsiyadan keyingi chandiq bilan kechadigan homiladorlikning klinik ahamiyati, asosiy sabab omillari va tug‘ruq davrida uchrashi mumkin bo‘lgan xavfli asoratlar (bachadon yorilishi, platsenta previya/accreta va boshqalar) yoritiladi. Homilador ayolni trimestrlar bo‘yicha kuzatish algoritmi, instrumental diagnostika (UTT, KTG, dopplerografiya) hamda bachadon yorilishi xavfi belgilarini erta aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, chandiq soni va holatiga qarab tug‘ruqni yuritish taktikasi, rejalashtirilgan va shoshilinch kesarcha kesishga ko‘rsatmalar aniq tavsiyalar ko‘rinishida berilgan. Tavsiyanomaning ikkinchi qismida zamonaviy akusherlikda kesarcha kesish amaliyoti, operatsiyaga tayyorgarlik, zarur shart-sharoitlar va asosiy ko‘rsatmalar tizimli tarzda bayon etiladi.