Kitob ta'rifi
So‘nggi yillarda zamonaviy tibbiyot va xalq tabobatida tabiiy fizik omillardan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Ayniqsa, gidroterapiya va balneoterapiya usullarining qo‘llanilishi davolash va reabilitatsiya jarayonida yuqori samaradorlik ko‘rsatib, ularning amaliy ahamiyatini oshirmoqda. Ushbu usullar tabiiy, xavfsiz, organizmga fiziologik jihatdan yaqin bo‘lganligi sababli keng ommalashmoqda.
Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanmada tabiiy fizik omillar, gidroterapiya va balneoterapiyaning nazariy asoslari, ularning organizmga ta’sir mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Qo‘llanmada ushbu usullarning ko‘rsatmalari, qarshi ko‘rsatmalari va samaradorligi keng yoritilgan.