Kitob ta'rifi
Parhez davolash — qizilo`ngach, oshqozon va o`n ikki barmoqli ichak kasalliklari bilan og`rigan bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilishda an`anaviy ravishda muhim usullardan biri hisoblanadi. Bunda terapevtik samaradorlik nafaqat ovqatning oshqozon funksional holatiga mahalliy mexanik, termik va kimyoviy jihatdan tejovchi ta`siri (bevosita ta`sir) hisobiga, balki organizmga umumiy ijobiy ta`sir ko`rsatishi orqali ham ta`minlanadi. Bu ta`sir modda almashinuvi turlarining o`zgarishi, nerv va gumoral regulyatsiyaning faollashuvi bilan bog`liq.
Oshqozon funksional holatiga bilvosita ta`sir ko`rsatishga misol sifatida uglevodlarning vegetativ nerv tizimini qo`zg`atuvchi ta`siri hamda oshqozon irritatsiyasi belgilari — oshqozon gipersekresiyasi, doimiy jig`ildon qaynashi, nordon kekirish, pilorospazmga moyillik va boshqa simptomlarning kuchayishini keltirish mumkin.