• Oziq-ovqat qo`shimchalarining sanitar-gigiyegik nazorati

  • 391 | 312
  • Muallif: Gapparova G.N, Raximova D.J
  • Til: O'zbek
  • Resurs turi: Uslubiy qo'llanma
  • Betlar soni: 38
  • Nashriyot: ARTEX NASHR
  • Chop etilgan yili: 2026
  • Chiqish ma’lumotlari: Samarqand

Kitob ta'rifi


Oziq-ovqat qo`shimchalarini qo`llashda gigiyenik tamoyillar va sanitariya qoidalari. Zamonaviy oziq-ovqat sanoati ko`p bosqichli qayta ishlash, uzoq muddatli saqlash va transportirovka jarayonlariga asoslanadi. Bu jarayonlarda fizik, kimyoviy va biotexnologik usullar keng qo`llaniladi. Ushbu texnologik bosqichlarda oziq-ovqat qo`shimchalari (additivlar) va yordamchi vositalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Oziq-ovqat qo`shimchalari — bu tabiiy yoki sun`iy kelib chiqishga ega bo`lgan moddalar bo`lib, ular oziq-ovqat mahsulotiga ishlab chiqarish jarayonida ma`lum texnologik, organoleptik yoki saqlanish xususiyatlarini berish maqsadida qo`shiladi.
Yordamchi moddalar — bu ishlab chiqarish jarayonida ma`lum texnologik maqsadlarda ishlatiladigan, lekin oxirida asosan olib tashlanadigan (biroq oz miqdorda qolishi mumkin) moddalar yoki materiallardir.
Gigiyenik me`yorlar va nazorat. Oziq-ovqat qo`shimchalari va yordamchi moddalar uchun inson salomatligi uchun xavfsizlik me`yorlari belgilangan. Ular ishlab chiqarish, import qilish va ichki muomalaga chiqarishdan oldin sanitariya-epidemiologik ekspertiza hamda davlat ro`yxatidan o`tkazish tartibidan o`tadi.