• Epilepsiyada qo'llaniladigan dori vositalari. Istamova S.N

  • 446 | 578
  • Muallif: Istamova S.N, Begmatova M.A
  • Til: O'zbek
  • Resurs turi: Uslubiy qo'llanma
  • Betlar soni: 44
  • Nashriyot: ARTEX NASHR
  • Chop etilgan yili: 2026
  • Chiqish ma’lumotlari: Samarqand

Kitob ta'rifi


Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma tibbiyot va farmatsiya yo‘nalishi talabalari uchun epilepsiyada qo‘llaniladigan dori vositalari mavzusini o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarda antiepileptik preparatlarning farmakologik xususiyatlari, ta’sir mexanizmlari, klinik qo‘llanilishi hamda oqilona farmakoterapiya tamoyillari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Qo‘llanmada epilepsiyaning zamonaviy tasnifi, antiepileptik dori vositalarining klassifikatsiyasi, farmakodinamikasi va farmakokinetikasi, preparatlarni tanlash mezonlari, qo‘llash ko‘rsatmalari va qarshi ko‘rsatmalari, nojo‘ya ta’sirlari, dori vositalarining o‘zaro ta’siri hamda davolash samaradorligini baholash mezonlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, tutqanoq turlariga mos ravishda dori vositalarini tanlash algoritmlari, klinik holatlar tahlili va amaliy topshiriqlar orqali talabalarning klinik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, talabalar tomonidan antiepileptik dori vositalarining farmakologik xususiyatlarini tahlil qilish, ularning samaradorligi va xavfsizligini baholash, nojo‘ya ta’sirlarni aniqlash hamda farmakoterapiyaning individual yondashuv tamoyillarini qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi.
Qo‘llanma talabalarning mustaqil ta’lim olish, vaziyatli masalalarni yechish, test topshiriqlarini bajarish va o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 
Shuningdek, mavzuni chuqur o‘zlashtirish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan integratsiya qilish hamda kafolatlangan ta’lim natijalariga erishishga xizmat qiladi.