• Psixologiya. Pedagogika. Oʻquv qoʻllanma. Xayitova Sh.D

  • 666 | 207
  • ISBN: 978-9910-283-27-7
  • Muallif: Xayitova Sh.D, Azgarova G.A
  • Til: O'zbek
  • Resurs turi: O'quv qo'llanma
  • Betlar soni: 189
  • Nashriyot: Kreativ fikrlash nashriyot matbaa uyi
  • Chop etilgan yili: 2026
  • Chiqish ma’lumotlari: Samarqand

Kitob ta'rifi


Mazkur oʻquv qoʻllanma “Psixologiya.Pedagogika” oʻquv dasturiga muvofiq sohaning dolzarb masalalariga bagʻishlangan boʻlib, psixologiya va pedagogika fanlarining nazariy-metodologik asoslari, rivojlanish tarixi, asosiy tushuncha va kategoriyalari, shaxs psixologiyasi, bilish jarayonlari, individual-psixologik xususiyatlar, yosh va pedagogik psixologiya, ta’lim va tarbiya jarayonlarining ilmiy asoslari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, oʻqitish metodlari, ta’limni tashkil etish shakllari hamda pedagogik mahorat masalalari tizimli va izchil yoritilgan.
Qoʻllanmada psixologik va pedagogik bilimlarning kasbiy faoliyatdagi ahamiyati, ta’lim sifatini oshirish, shaxsni har tomonlama rivojlantirish, samarali muloqot, pedagogik hamkorlik va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Har bir mavzu zamonaviy ilmiy qarashlar, milliy va xalqaro tajribalar asosida yoritilib, talabalarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish, muammoli vaziyatlarni hal etish hamda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.