• Manual terapiyaning umummiy printsiplari. Manual terapiya diagnostik printsiplari

  • 571 | 798
  • Muallif: Ernazarov A.J, Ibragimova M.Sh
  • Til: O'zbek
  • Resurs turi: O'quv-uslubiy qo'llanma
  • Betlar soni: 71
  • Nashriyot: Samarqand
  • Chop etilgan yili: 2026
  • ISBN: Samarqand

Kitob ta'rifi


Mazkur uslubiy qo‘llanma manual terapiyaning nazariy asoslari, uning zamonaviy ilmiy talqini hamda diagnostik yondashuvlarini tizimli va izchil yoritishga bag‘ishlangan. Qo‘llanmada manual terapiyaning tayanch-harakat apparati funksional buzilishlarini aniqlash va bartaraf etishdagi o‘rni klinik vertebrologiya, ortopediya, nevrologiya va neyrofiziologiya yutuqlari asosida bayon etilgan.Manual terapiyaning zamonaviy konsepsiyasini harakat buzilishlarini qaytarish nazariyasi nuqtayi nazaridan yoritib, neyromotor tizimning birlamchi disfunksiyasi va uning aktiv hamda passiv tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligini ilmiy asosda tushuntirib bergan. Mushak, fassiya, boylam, bo‘g‘im va periostal tuzilmalardagi patologik o‘zgarishlar aniq tasniflangan hamda ularga nisbatan qo‘llaniladigan manual ta’sir usullari mantiqiy ketma-ketlikda keltirilgan.