Kitob ta'rifi
Oila – nikoh va tug’ishganlikka asoslangan kichik ijtimoiy guruh bo’lib, insonning ma’naviy tug’ilish beshigi hisoblanadi. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari – inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila a’zolarining turmush sharoitini va bo’sh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Bolaning xatti-harakati, dunyo qarashi, fikrlashi va o’sib borishi oilaviy muhitga bog’liqdir. Bolaning shaxsiy shakllanishi uchun oilada hissiy va ma’naviy qulay shart-sharoit yaratish muhim sanaladi. Oila – inson hayotida birinchi kichik, barqaror jamoadir., Shaxsni shakllantirish jarayonida oila dominant rol o’ynaydi. Oilaning ta’lim muassasasi sifatida ahamiyati shundaki, oilada, hatto maktabdan oldin ham bolaning asosiy harakter- xususiyatlari, odatlari shakllanadi.Inson bolaligida oilada nimani ongiga singdirsa u hayotining yetuklik davrida ushbu ma’lumotlari asosida ijtimoiy muhitda o’zini namoyon qiladi.Oilaning shaxsga ta’siri davomiyligi jihatdan, unga ta’lim muassasalaring hech birini taqqoslab bo’lmaydi