Kitob ta'rifi
Mazkur o'quv qo'llanma "Oqsillar biokimyosi” mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, u biokimyo fanining muhim bo'limlaridan birini yoritadi. Qo'llanmada oqsillarning tuzilishi, sintezi, parchalanishi va ularning almashinuv jarayonlari fiziologik hamda molekulyar darajada yoritilgan. Shuningdek, ularning organizmda bajaradigan funksional roli, klinik ahamiyati va patobiokimyoviy holatlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Ushbu o'quv qo'llanma tibbiyot oliy o'quv yurtlari 60910200- Davolash ishi yo'nalishi talabalariga, ordinatura, magistratura, doktoranturada tehsil oluvchilar, biokimyo fani bo’yicha dars beruvchi o'qituvchilarga mo'ljallangan bo'lib, amaliy va nazariy bilimlarni mustahkamlashda yordam beradi. Qo'llanma o'quv rejasiga mos ravishda tuzilgan bo'lib, biokimyo fanining dolzarb masalalarini o'rganishda, shuningdek mustaqil ta’lim olishda qo'llanilishi mumkin.