• Ambulator-poliklinik terapiya. Darslik

  • 396 | 627
  • ISBN: 978-9910-252-97-6
  • Muallif: Axmedova G.A, Djumaniyazova Z.F, Abdullayev R.B, Sultonov I.I
  • Til: O'zbek
  • Resurs turi: Darslik
  • Betlar soni: 440
  • Nashriyot: Samarqand
  • Chop etilgan yili: 2026
  • Chiqish ma’lumotlari: Samarqand

Kitob ta'rifi


Mazkur darslik tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining davolash fakulteti 6-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ambulator poliklinik sharoitida terapevtik bemorlarni tashxislash, davolash va dispanser kuzatuvini tashkil etish masalalarini o‘z ichiga oladi. Unda ichki kasalliklarning keng tarqalgan shakllari, ularning klinik kechishi, zamonaviy diagnostika usullari, profilaktika choralari hamda ambulator sharoitda olib boriladigan davolash tamoyillari bayon etilgan. So‘nggi yillarda butun dunyoda yurak-qon tomir kasalliklari, nafas tizimi kasalliklari, oshqozon-ichak tizimi patologiyalari, qandli diabet va boshqa surunkali ichki kasalliklarning uchrash darajasi sezilarli darajada ortib bormoqda. Xususan, so‘nggi besh yil ichida global sog‘liqni saqlash tizimida surunkali noinfeksion kasalliklar aholining kasallanishi va o‘lim ko‘rsatkichlarining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu holat birlamchi tibbiy yordam tizimida, ayniqsa ambulator poliklinik muassasalarda terapevtik yordam sifatini yanada takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Oʻzbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda ichki kasalliklarning, ayniqsa arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, surunkali bronxopulmonal kasalliklar, gastrit va pankreatit kabi kasalliklarning tarqalishi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Shu sababli birlamchi bo‘g‘in tibbiyot xodimlarining kasalliklarni erta aniqlash, samarali davolash va profilaktika choralarini amalga oshirishdagi roli tobora ortib bormoqda. Darslikda ambulator poliklinik sharoitida terapevtik bemorlarni qabul qilish, klinik tekshiruvlar o‘tkazish, zamonaviy davolash standartlari asosida yordam ko‘rsatish, dispanserizatsiya va profilaktika ishlari tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Mazkur darslik talabalarda klinik fikrlashni shakllantirish, bemorlarni kompleks baholash hamda birlamchi tibbiy yordam tizimida samarali faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi