Kitob ta'rifi
Mazkur maqolada O‘zbekiston sharoitida xizmatlar sifatini oshirishda raqamli transformatsiyaning institutsional va tashkiliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Davlat siyosati va tartibga solish mexanizmlarining raqamli xizmatlar ekotizimini shakllantirishdagi o‘rni, shuningdek, xususiy sektor hamda davlat-xususiy sheriklik asosida vujudga kelayotgan tashkiliy mexanizmlar yoritiladi. Bank, transport, sog‘liqni saqlash va turizm sohalarida xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amaliy tajribalar o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida xizmatlar sifatini oshirishda davlat va xususiy sektor hamkorligiga asoslangan institutsional yondashuvlar hamda raqamli transformatsiya jarayonlarining uyg‘unlashuv modeli ishlab chiqilgan. Ushbu yondashuv xizmatlar sifatini jahon standartlariga moslashtirish, innovatsion yechimlarni joriy etish va xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.