• Organik kimyodan labaratoriya mashg'ulotlari. O'quv qo'llanma

  • 840 | 498
  • ISBN: 978-9943-9250-6-9
  • Muallif: Yusupov A.B, Tuxtayev D.B
  • Til: O'zbek
  • Resurs turi: O'quv qo'llanma
  • Betlar soni: 217
  • Nashriyot: Samarqand davlat universiteti
  • Chop etilgan yili: 2023
  • Chiqish ma’lumotlari: Samarqand

Kitob ta'rifi


Samarqand davlat universiteti organik kimyo maktabi vakil lari tomonidan laboratoriyada ishlash va sinteziarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘plab adabiyotlar nashr etilgan. Shunday bo‘lsa-da fan va texnikaning rivoji mavjud darslik va qo‘llanmalarni zamonaviy bilimlar bilan boyitishni, kengaytirishni taqozo etadi. Har yili dunyo miqyosida 100 mingdan ortiq yangi birikmalar sintez qilinadi, xossalari o‘rganiladi. Organik birikmalar hozirgi kunda xalq xo‘jaligida foydalaniladigan birikmalar orasida eng katta qismni tashkil etadi.
Mazkur qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining organik kimyoni o‘rganuvchi kimyo yo‘nalishi talabalari uchun mo‘Ijallangan. O'quv qoMlanma ikki qismdan iborat.
Birinchi qism organik kimyo laboratoriyasida ishlashda asosiy xavfsizlik qoidalari, xavfliligi bo‘yicha organik birikmalarning sinflanishi, turli laboratoriya idishlari va uskiinalari hamda ulardan foydalanish usullari, organik birikmalarni ajratish va tozalash, sintez mahsulotlarining identifikatsiya usullariga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.