Kitob ta'rifi
Enzimologiyaning insoniyat uchun ahamiyati - uning tibbiyot, dehqonchilik, chorvachilik, biotexnologiya, gen muxandisligi, sanoatning qator tarmoqlari va h.k.z. laming nazariy asoslarini ishlab chiqishda muhimligidadir. Odamlaming qator kasalliklarini kelib chiqish sabablari biokimyoviy jarayonlaming izdan chiqishi, ya’ni irsiy deffekt tufayli ba'zi fermentlaming organizmda sintezlanmasligi tufayli paydo bo‘ladi.
Hozirgi kunda 100 dan ziyod bu xildagi kasalliklaming uchrashi ma'lum. Kasalliklaming molekulyar asoslarini chuqur bilmasdan turib, ularga tashxis qo‘yish, davolash va ulaming profilaktikasi bilan shug‘ullanish mumkin emas. Ba'zi kasalliklami davolashda fermentlardan keng foydalanish-fermentoterapiya yo‘nalishi ham istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi