Kitob ta'rifi
Mazkur o‘quv qo‘llanma biznesni tashkil etish va boshqarish jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan boMib, biznes muhitining o'zgaruvchanligi, tavakkalchilik va foyda olish tamoyillarini yoritib beradi. Unda iqtisodiyotning biznesga ta’siri, biznes yuritish shakllari, menejment va yetakchilik, strategik marketing, moliyaviy resurslarni boshqarish hamda xalqaro bozorga chiqish kabi muhim masalalar. nazariy va amaliy jihatdan tushuntirilgan.
O‘quv qo‘llanma biznes axloqi, xodimlarni motivatsiyalash, inson resurslarini boshqarish, kasaba uyushmalarining biznesdagi o‘mi va zamonaviy menejment tamoyillarini tahlil qiladi. Shuningdek, biznesni tashkil etish bosqichlari, biznes-reja ishlab chiqish hamda turli tadbirkorlik shakllari afzalliklari va kamchiliklari yoritilgan bo‘lib, u 60411200 - Marketing va 60410800 - Menejment bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun tavsiya etiladi.