Kitob ta'rifi
Onkologiya fanidan darslik barcha tibbiyot institution va tibbiyot universiteti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, u onkologiyaning umumiy asoslari va onkologiyaning xususiy asoslaridan iborat 2 ta katta qismni о'z ichiga oladi. Onkologiyaning umumiy qismida onkologiya fani haqida, uni tarixi va hozirgi zamon onkologiyasi haqida to'liq to'xtalib o'tilgan. Bundan tashqari onkologiyaning qadimgi davrdagi va oxirgi 100 yillik taraqqiyoti haqida batafsil yoritib berilgan. Ushbu qismda xavfli o'sma kasalliklarini aynan bizning hududimizda tarqalganlik darajasi-epidemiologiyasi, xavfli o'smalami keltirib chiqaruvchi sabablar haqida batafsil to'xtalib o'tilgan. Bundan tashqari xavfli o'sma kasalliklarini zamonaviy diagnostik usullari, jumladan morfologik, immunologik va immunogistoximik usullar to'liq yoritilib berilgan. Xavfli o'sma kasalliklarini hozirgi zamon standartlari asosida davolash usullari haqida, target terapiyasi, immunoterapiya va garmonoterapiya haqida to‘xtalib о‘tilgan.