Kitob ta'rifi
Og'iz-halqum saratoni bilan kasallangan bemorlarda o'tkaziladigan kompleks onkologik davolashdan keyingi reabilitatsiya jarayoni individual yondashuvni talab etadi. Reabilitatsiya usullariga nisbatan qarshi ко ‘rsatmalar turli klinik guruhlarda takrorlanmasligi bemorning umumiy holati, birga kechuvchi kasalliklari va o ‘tkazilgan davolash hajmiga qarab reabilitatsiya chora-tadbirlarini tanlash imkonini beradi. Og'iz-halqum sohasidajarrohlik, nurva kimyoterapiya olgan bemorlarda nutq, yutish, nafas olish hamda psixoemotsional funksiyalarni tiklashga qaratilgan maxsus reabilitatsiya usullari yuqori klinik samaradorlikka ega ekanligi aniqlangan. Mazkur reabilitatsiya usullarining samaradorligi bemorlarda buzilgan funksiyalarning bosqichma-bosqich tiklanishi, hayot sifati ко ‘rsatkichlarining yaxshilanishi hamda kechki asoratlarning oldini olish bilan tavsiflanadi. Shuningdek, og'iz-halqum saratoni bilan kasallangan bemorlar uchun ishlab chiqilgan reabilitatsiya usullari bo ‘yicha tavsiyanoma klinik jihatdan hujjatlashtirilgan va zamonaviy ilmiy m a’lumotlarga asoslangan bo'lib, ushbu material tibbiyot oliy ta ’lim muassasalari talabalari, ordinatorlar va magistrantlar uchun tavsiya etiladi.
Uslubiy tavsiya Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashida muhokama qilinib, tasdiqlangan va nashrga tavsiya etilgan