Kitob ta'rifi
Bolalarda yallig‘lanish jarayonining burun yondosh bo‘shliqlaridan ko‘z kosasiga tarqalishiga moyillik anatomik-fiziologik xususiyatlar bilan bog‘liq. G‘alvirsimon labirint ko‘z kosasidan yupqa suyak plastinkasi orqali ajralgan bo‘lib, venoz aloqalarning o‘ziga xosligi infeksiya tarqalishi uchun qulay sharoit yaratadi. Kichik yoshdagi bolalarda orbital asoratlarning asosiy manbai g‘alvirsimon bo‘shliqlar yallig‘lanishi hisoblanadi. Shu bilan birga, bolaning yoshi, immun tizimi holati va hamroh kasalliklar klinik manzaraga hamda jarayonning rivojlanish tezligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin