Kitob ta'rifi
“Yangi Oʼzbekistonning isteʼdodli yoshlari” toʼplamining 2-jildiga respublikadagi OTM larining magistratura, bakalavriat bosqichlarida taʼlim olayotgan isteʼdodli yoshlar, doktorantlar, shuningdek, vazirlik va idoralarda oʼz faoliyati bilan bir qatorda izlanishlar olib borayotgan yosh olimlarning ilmiy tadqiqotlari natijalari jamlangan. Ilmiy maqolalar jamiyatimiz hayotining turli sohalariga innovatsion gʼoyalar va ilmiy ishlanmalarni joriy qilishga qaratilganligi bilan eʼtiborga molikdir. Toʼplam yosh olimlar, tadqiqotchi-izlanuvchilar, talabalar keng auditoriyasiga moʼljallangan.