Kitob ta'rifi
Keyingi yillarda xirurgiya fanining zo ’r berib rivojlanishi zamirida, ilgari faqatgina yirik ilmiy markazlar imtiyozi hisoblangan ко ’pgina murakkab diagnostika uskunalarining - rentgen televizion qurilmalar, ultratovush yordamida va endoskopik tekshiruv uskunalari xizmatidan nafaqat yirik klinikalar foydalanish, balki viloyat va tuman kasalxonalari amaliyotiga keng miqyosda kirib kelishi, yangidan yangi diagnostik uskunalar xizmatidan keng ко ’lamda foydalanish, burun tasavvur qilish qiyin bo ’Igan yangi texnologiyalarning shiddat bilan kirib kelishi va ular bilan bog ’liq bo ’Igan endoxirurgik va miniinvaziv operatsiyalar uchun moslama yoki uskunalar taraqqiyoti yotadi. Albatta, bularning barchasini, etakchi omil - jarrohlik sohasida olib borilayotgan tinimsiz ilmiy izlanishlar, ular natijalarini jahon ilm ahli orasida namoyon etish, ular tajribasiga tayangan holda takomillashtirish, yuqori samarali jarrohlik amaliyotlari usul va uslublarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga keng tadbiq etishsiz, tasavvur qilish qiyin. Mazkur darslik oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining 5510100 - Davolash ishi; 5111000 - Kasb ta limi ta lim yo nalishlari va magistraturaning 5A510112 - Xirurgiya mutaxassisliklari talabalariga mo ’Ijallangan.