Kitob ta'rifi
Xirurgiya bo’limlaridagi xodimlar faoliyatining xususiyatlari bemor jarohatiga mikroblar tushishini oldini olishga qaratilgan qator zaruriy tadbirlar ijro etilishini talab qiladi va xirurgik bemorlar parvarishida shunga mos qoidalarga albatta rioya etish majburiy vazifa hisoblanadi. Bunday bemorlar parvarishini to’g’ri amalga oshirish uchun kasalliklar chaqiradigan, shuningdek qo’llanilgan davolash uslublarining ta’sirida rivojlanadigan organizmdagi xastalik o’zgarishlarini bilish zarur. Xirurgik bemorlar parvarishi usullarini bilish va amaliy ko’nikmalarni to’g’ri qo’llanilishi, xirurgik infeksiyasining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish bemor davolanishi uchun optimal sharoitlar yaratib, kasallikning kechishi va davolash usulining xususiyatlariga bog’liq bo’lgan qator asoratlar kelib chiqishining oldini olishga xizmat qiladi.