Kitob ta'rifi
Dunyo yaralibdiki, turli tuman kasallik, xastalik inson bilan yonma-yon yashaydi. Shuning uchun ham tabobat eng qadim rivojlangan ilmlardan bo’lib, qadimgi dunyo olimlari uni tabobat san’at deb ataganlar. Taqdim etilgan o’quv qo’llanma an’anaviy tibbiyot tushunchasi, uning tarixi, umumiy tamoyillari va an’anaviy tibbiyot usullari va vositalarini amaliy qo’llash bilan tanishtiradi. An’anaviy tibbiyotning nafaqat asosiy yo’nalishlari va usullarining batafsil tavsifi, balki muqobil tibbiyotda qo’llaniladigan davolash usullariga ilmiy sharh berilgan. Ushbu qo’llanmada xalq tabobatining zamonaviy yo’nalishlari hamda xalq tabobatining yaratilish tarixi to’liq yoritilib berilgan. O’quv qo’llanma bir vaqtning o’zida dolzarb va tarixiy foydali ma’lumotlarni birlashtirish bilan ham qulaydir. U mavzuga doir rasmlar, ko’rsatmalar, yuqoridagi usullarga qarshi ko’rsatmalar ro’yxati, shuningdek davolash usullari bilan to’ldirilgan. O’quv qo’llanma har bir bo’limining oxirida test shaklida o’z-o’zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar kiritilgan.