Kitob ta'rifi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev asarlarining 1-jildidan davlatimiz rahbarining 2016 — 2017 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʼshma majlisi, Vazirlar Maxkamasining yigʼilishlarida, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligiga bagʼishlangan tantanali marosimda, turli soha vakillari bilan uchrashuvlarda, Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida, xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlarda soʼzlagan nutq va maʼruzalari hamda tabriklari oʼrin olgan.