• Amaliy psixologiya

  • 188 | 926
  • ISBN: 978-9943-08-271-7
  • Author: Boymurodov N
  • Lang: O'zbek
  • Resource type: O'quv qo'llanma
  • Number of pages: 318
  • Publishing: Yangi asr avlodi
  • Year of publication: 2009
  • Published: Toshkent

Book description


Amaliy psixologiya fani ijtimoiy-siyosiy, tabiiy va pedagogik fanlar bilan hamkorlikda inson tabiatiga xos bo‘lgan bir qancha muammolarni o‘rganadi. Psixologiyani o‘rganish insonlar tomonidan yaratilgan moddiy va m a’naviy boyliklarni, jamiyatdagi ilg‘or g'oyalar va ta ’limotlarni ta ’lim-tarbiya, falsafa, huquq, nafosat, adabiyot, shuningdek, o‘quvchi yoshlarning kasbiy, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idroki, xullas, insonparvar psixologiyaning barcha qonuniyatlarini o‘z ichiga oladi. Mustabid tuzum rahbarlari uzoq yillar davomida insonning haq-huquqlarini cheklashga, eski andozalarga asoslangan ijtimoiy tarbiya - milliy psixologiyamizni so‘zsiz itoatkorlikka moyillik ruhida totalitar mafkuraning ta’siri bilan yashashga odatlantirib keldi. Shuning uchun ham ular milliy psixologiya va umumpsixologik qonuniyatlarni jam iyat a ’zolaridan muttasil sir tutishga harakat qildilar