Kitob ta'rifi
Amaliy psixologiya fani ijtimoiy-siyosiy, tabiiy va pedagogik fanlar bilan hamkorlikda inson tabiatiga xos bo‘lgan bir qancha muammolarni o‘rganadi. Psixologiyani o‘rganish insonlar tomonidan yaratilgan moddiy va m a’naviy boyliklarni, jamiyatdagi ilg‘or g'oyalar va ta ’limotlarni ta ’lim-tarbiya, falsafa, huquq, nafosat, adabiyot, shuningdek, o‘quvchi yoshlarning kasbiy, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idroki, xullas, insonparvar psixologiyaning barcha qonuniyatlarini o‘z ichiga oladi. Mustabid tuzum rahbarlari uzoq yillar davomida insonning haq-huquqlarini cheklashga, eski andozalarga asoslangan ijtimoiy tarbiya - milliy psixologiyamizni so‘zsiz itoatkorlikka moyillik ruhida totalitar mafkuraning ta’siri bilan yashashga odatlantirib keldi. Shuning uchun ham ular milliy psixologiya va umumpsixologik qonuniyatlarni jam iyat a ’zolaridan muttasil sir tutishga harakat qildilar