• Tib qonunlari. 4-kitob

  • 6833 | 1523
  • ISBN: 978-9943-5991-7-8
  • Muallif: Аbu Аli Ibn Sino.
  • Til: o'zbek
  • Yozuv: krill
  • Resurs turi: o'quv qo'llanma
  • Betlar soni: 848 bet
  • Nashriyot: “Sharq”
  • Adadi: Adadi 2000
  • Chop etilgan yili: 2020
  • Chiqish ma’lumotlari: Toshkent

Kitob ta'rifi


  Toʼrtinchi kitob kishi aʼzolaridan birontasiga xos boʼlmagan “umumiy” kasalliklarga bagʼishlangan. Bunday kasalliklarga turli isitmalar (kasallik davridagi buhronlar), shishlar (shu jumladan rak), toshmalar, yara-chaqalar, koʼyish, suyak sinishi va chiqishi, asablarning jarohatlanishi, bosh suyagi, koʼkrak qafasi, umurtqa va qoʼl oyoqlarning shikastlanishi kiritilgan. Shuningdek, mazkur asarda uzoq choʼziladigan va oʼta yuqumli kasalliklar: chechak, qizamiq, moxov, vabo va qutirish haqida soʼz boradi; zaharlar va zaharlanish haqidagi taʼlimot (toksikologiya) ning asosiy masalalari ham bayon qilinadi. Kitobning maxsus boʼlimi inson husni va chiroyini saqlashga va pardoz-andoz vositalariga bagʼishlangan. Jumladan, Ibn Sino sochni toʼkilishidan saqlaydigan hamda haddan tashqari semirib ketish yoki ozib ketishning oldini oladigan vositalarni ham tavsiya qiladi.