Kitob ta'rifi
Harbiy-dala jarrohligi zamonaviy jangovar shikastning patogenezi, klinikasi va tashxis qo'yish usullari hamda jarrohlik yordami va davolashni urush hududida o'rganadi. Jangovar shikastlarni jarrohlar qadim zamonlardan beri davolaydilar, biroq o‘qotar qurollar paydo bo'lishi bilan ularning og'irlik darajasi va asoratlari ko'paydi. O'q tegish natijasida orttirilgan jarohatlar tig‘ yoki nayza ta’sirida orttirilgan jarohatdan butkul farq qiladi, ularni davolash ham o'ziga xos xususiyatga ega. O'q tegish oqibatida orttirilgan jarohatlarni samarali davolash dolzarbligi bo‘yicha jarrohlikdagi eng ko'zga ko'ringan muammolar - qon ketishni to'xtatish, yara infeksiyasi bilan kurashish va og'riqsizlantirishdan iboratdir.