• Ovqatlanish statusini baholashning tekshiruv usullari

  • 634 | 874
  • Author: Raximova D.J, Gapparova G.N
  • Lang: O'zbek
  • Resource type: Uslubiy qo'llanma
  • Number of pages: 30
  • Publishing: ARTEX NASHR
  • Year of publication: 2026
  • Published: Samarqand

Book description


Laboratoriya usullari ovqatlanish buzilishlarining doklinik shakllarini (tashqi klinik simptomlarsiz kechadigan) va organizmning oziq moddalar hamda energiya bilan ta`minlanishini aniqlash imkonini beradi (1-jadvalga qarang). Ovqatlanish holatining buzilishlari oziq moddalarning yetishmovchiligida, shuningdek, ularning ortiqcha iste`mol qilinishida yoki oziq moddalar o`rtasidagi balansning buzilishida namoyon bo`ladi. Ovqatlanish holatini baholashning biokimyoviy va funktsional testlarining asosida organizmda kimyoviy birikmalar (oziq moddalar yoki ularning metabolitlari) yoki fiziologik reaksiyalarning mavjudligi haqidagi tasavvur yotadi, ular ovqatlanish moddalari bilan organizm ta`minlanganligining biomarkerlari deb ataladi.