• Ovqatlanish statusini baholashning tekshiruv usullari

  • 633 | 874
  • Muallif: Raximova D.J, Gapparova G.N
  • Til: O'zbek
  • Resurs turi: Uslubiy qo'llanma
  • Betlar soni: 30
  • Nashriyot: ARTEX NASHR
  • Chop etilgan yili: 2026
  • Chiqish ma’lumotlari: Samarqand

Kitob ta'rifi


Laboratoriya usullari ovqatlanish buzilishlarining doklinik shakllarini (tashqi klinik simptomlarsiz kechadigan) va organizmning oziq moddalar hamda energiya bilan ta`minlanishini aniqlash imkonini beradi (1-jadvalga qarang). Ovqatlanish holatining buzilishlari oziq moddalarning yetishmovchiligida, shuningdek, ularning ortiqcha iste`mol qilinishida yoki oziq moddalar o`rtasidagi balansning buzilishida namoyon bo`ladi. Ovqatlanish holatini baholashning biokimyoviy va funktsional testlarining asosida organizmda kimyoviy birikmalar (oziq moddalar yoki ularning metabolitlari) yoki fiziologik reaksiyalarning mavjudligi haqidagi tasavvur yotadi, ular ovqatlanish moddalari bilan organizm ta`minlanganligining biomarkerlari deb ataladi.